13 iyu 10:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyurining raqibi va jang sanasi malum bo'ldi+FOTO
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyurining navbatdagi jang sanasi va raqibi malum qilindi.
Britaniyalik bokschi 18 avgust kuni SHimoliy Irlandiyaning Belfast shahridagi Windsor Park stadionida italiyalik 33 yoshli Franchesko Pianeta (35-4-1, 21 KO) bo'ladi. Bir paytlar Ruslan CHagaevga yutqazgan Pianetta sobiq Evropa chempioni hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, deyarli uch yillik tanaffusdan so'ng katta boksga qaytgan Tayson Fyuri o'tgan oyda albaniyalik Sefer Seferini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan edi. Pianeta esa xorvatiyalik 22 yoshli Petar Milasga (12-0, 9 KO) imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar