13 iyu 13:22
Yangiliklar
The Ring: Alvares kamaridan mahrum qilindi, Fyuri esa reytingga qaytdi
Eng katta o'zgarishlardan biri Saul “Kanelo” Alvaresning o'rta vazn toifasida The Ring chempionlik kamaridan mahrum qilingani bo'ldi. Ayni paytda bu chempionlik kamari egasiz, yani vakant bo'lib turibdi.
Bundan tashqari, Alvares to'laligicha o'rta vazn hamda vazn toifasidan qatiy nazar dunyoning eng kuchli bokschilari reytingidan ham chiqarildi. Meksikalik bokschi taqiqlangan modda istemol qilgani uchun 6 oyga diskvalifikaciya qilingan edi.
SHuningdek, ushbu reytingdan Gilermo Rigondo ham chetlatildi. Ularning o'rnini Donni Netes va Aleksandr Usik egalladi. Yangilangan reytingning 9-pog'onasida ikki yarim yillik tanaffusdan so'ng yana ringga qaytgan britaniyalik Tayson Fyuri qayd etilgan.
Fikrlar