So’nggi yangiliklar

19:09Хитойдаги UFC турнирининг бонус соҳиблари аниқ бўлди 0 18:37АПЛ. Абдуқодир Ҳусанов захирада қолдирилган ўйинда "Манчестер Сити" "Тоттенхэм"га ютқазди 0 18:00Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади 0 17:40UFC Шанхай. Марказий жангда нокаут қайд этилди 0 17:15UFC Шанхай. Алжемейн Стерлинг Брайан Ортега билан жанг қилди 0 16:58UFC собиқ чемпиони ноябрь ойида октагонга қайтмоқчи 0 16:37UFC Шанхай. Сергей Павлович иштирокидаги жанг тўлиқ давом этди 0 16:16"Бунга нуқта қўйиш вақти келди". Нганну Уайлдерни жангга чорлади 0 15:55Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум 0 15:33Шанхайдаги UFC турнири доирасида Марказий Осиё дербиси бўлиб ўтди 0 15:10"Бунда интрига бор". Махачев Топурия билан жангга қизиқмоқда 0 14:49Камрон Абдураззоқов Asian Cup 2025 кумуш медали совриндори 0 14:28Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди 0 14:07Чарльз Оливейра Илия Топурия энди кимга қарши жанг қилиши кераклигини айтди 0 13:46Нодирбек Якуббоевда яна ғалаба, у 61th Rubinstein Memorial чемпионлигига яқин! 0

14 dek 17:26
Yangiliklar

Boks/MMA

Titulga qaytish yoki... Murodjon Ahmadaliev "El SHakal" taxallusiga ega Kevin Gonsalesni mag'lub eta oladimi? "Kaka"ning bo'lajak raqibi haqida

17 dekabr tongida AQSHning Arizona shtatida joylashgan "Desert Diamond" arenasida navbatdagi professional boks oqshomi o'tkaziladi.

CHempionlik yo'liga qaytish

Xabaringiz bor, ushbu turnir doirasida birinchi yarim engil vazn toifasida o'zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliev ham ringga ko'tariladi. Hamyurtimizga bu safar meksikalik Kevin Gonsales raqiblik qiladi.

Jang WBA kamari uchun yakuniy eliminator maqomida o'tkaziladi. Yani, g'olib WBA kamari sohibiga qarshi ringga chiqadi. Ayni damda ushbu kamar filippinlik Marlon Tapalesga tegishli bo'lib turibdi. Tapales esa 26 dekabr kuni yaponiyalik Naoya Inouega qarshi ringga chiqadi.

Aslida, WBA va IBF kamarlari Murodjonning o'zida edi. Ammo hamyurtimiz 2023 yil aprel oyida o'z kamarlarini Marlon Tapalesga boy bergan edi.

Endilikda hamyurtimiz kamar uchun kurashni boshidan boshlashiga to'g'ri keladi. Unga bu yo'ldagi ilk raqib meksikalik Kevin Gonsales bo'ladi.



Keling, bugun sizlar bilan birga Murodjon Ahmadalievning bo'lajak raqibi Kevin Gonsales haqida so'z yuritamiz:

"El SHakal" taxallusiga ega Kevin Gonsales ayni damda 26 yoshda. U 1997 yil, 14 dekabr kuni Meksikaning Kulyakan shahrida tug'ilgan. 

Gonsales professional boksdagi faoliyatini 2016 yilda boshlagan. Etti yillik faoliyati davomida "El SHakal" 27 ta jang o'tkazishga ulgurdi. U janglarining 26 tasini g'alaba bilan yakunlagan, birgina jangida durang qayd etilgan. Ahamiyat bersangiz, Murodjon Ahmadalievda ham shunday vaziyat: hamyurtimiz ham birgina jangdan boshqa barcha janglarini g'alaba bilan yakunlagan.

Kevin o'z vazn toifasida Meksikaning oltinchi raqamli bokschisi hisoblanadi (Boxrec talqiinga ko'ra). Dunyo reytingida esa u o'n to'qqizinchi pog'onadan joy olgan. Taqqoslash uchun, Murodjon Ahmadaliev o'z vazn toifasida O'zbekistonda birinchi, dunyo reytingida esa oltinchi o'rinda hisoblanadi.

Gonsalesga oid eng qiziqarli faktlardan biri bu - faoliyatidagi 27 ta jangining 25 tasini o'zi tug'ilib o'sgan Meksikada, Kulyakan va Tixuana shaharlarida o'tkazganidir. 



Kevin "El SHakal" Gonsales ham boshqalardan qolishmaydi:)

Meksikalik bokschining faoliyatidagi so'nggi beshta jangini aytmaganda, qolgan barcha janglari yaxshi rekord uchun o'tkazilgan.

U 2016 yilda mag'lubiyatli seriyadagi "bokschilar" bilan 5 ta, 2017 yilda esa 6 ta jang o'tkazadi. Umuman olganda, Gonsalesning 2021 yilgacha o'tkazgan yana 8 ta jangi ko'cha tilida aytganda, "meshoklar" bilan o'tkazilgan edi.

SHunday janglarning birida, aniqrog'i 2018 yil oktyabr oyida u hamyurti Adalberto Garsiya Kovarrubias (7-22-6) bilan jang qiladi va kutilmaganda jang durang bilan yakunlanadi.

2021 yildan boshlab, Kevin tajribali bokschilar bilan jang qilishni boshladi. U shu davr mobaynida 5 ta jang o'tkazdi va barchasida zafar quchdi. U shu ikki yil davomida Ivan Moralesni (33-3-0), Alexandro Meyyani (17-1-0), Antoni Guzman (21-2-0) va Emanuel Rivera Nievesni (19-2-0) hamda Xose Sanmartinni (34-6-1) mag'lubiyatga uchratdi. U shu 5 ta katta jangning 3 tasida ochkolar evaziga, yana ikkitasida esa nokaut evaziga zafar quchdi.

Takidlash joiz, Gonsales 26 ta g'alabasining naq 50 %ini muddatidan oldin qo'lga kiritgan.



Umuman olganda, Kevin Gonsales o'z faoliyatining cho'qqisiga chiqish yo'lida, desak to'g'ri bo'ladi. Uni huddi Murodjon Ahmadalievning Daniel Romanga qarshi chempionlik jangi oldidan bo'lgan holatiga tenglashtirish mumkin. Ular orasidagi birgina farq, Ahmadaliev bu yo'lga oz vaqtda va nisbatan qiyinroq etib kelgan.

Hafta oxirida bo'ladigan jang har ikki bokschi uchun keyingi taqdiri qanday bo'lishini belgilab beradi. Murodjon yutsa, yana titul janglariga qaytadi. Garchi, Gonsales g'alabasida ham shunday holat yuz bersa-da. Ahamiyatlisi, ushbu vaznda WBC va WBO kamarlari sohibi Naoya Inoue ham hamyurtimiz bilan jangga qiziqish bildirmoqda. Agarda, 26 dekabr kuni u WBA va IBF kamarlari sohibi Marlon Tapalesni mag'lub etgan taqdirda, keyingi jangini aynan hamyurtimizga qarshi o'tazish niyatida ekanini aytgan edi.

Faqatgina, buning uchun Murodjon Ahmadaliev ham o'z jangida g'alaba qozonishi talab etiladi.



Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing