24 may 11:25
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/39221_220.jpg)
To'laganov AQSHda navbatdagi jangiga tayyorgarlikni boshladi+FOTO
Rio Olimpiadasi sovrindori, bugungi kunda AQSHda professional boks faoliyatini davom ettirayotgan Rustam To'laganov navbatdagi jangiga tayyorgarlikni boshladi.
Hamyurtimiz professional ringdagi ikkinchi jangini 13 yanvar kuni o'tkazishi kerak edi. Lekin betob bo'lib qolganligi bois amerikalik Martez MakGregorga qarshi jangi bekor qilingandi. Toshkentda muolajalarni olgan To'laganov AQSHga jo'nab ketdi va mashg'ulotlarni boshlab yubordi.
Eslatib o'tamiz, Rustam To'laganov professional boksdagi ilk jangini o'tgan yilning 27 oktyabr kuni amerikalik Robert Guerraga qarshi o'tkazib, raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar