So’nggi yangiliklar

13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0

02 iyu 17:40
Yangiliklar

Futbol

Transfermarkt O'zbekiston Superligasi futbolchilarining yangi narxlarini elon qildi

Teglar :  Futbol
Dunyoga mashhur futbol portali Transfermarkt O'zbekiston chempionatida o'ynayotgan futbolchilarning yangi narxlarini elon qildi.

Unga ko'ra O'zbekiston U-20 terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaevning narxi eng ko'p ko'tarilgan - 450 000 evro. Endi uning transfer narxi 750 ming evroga baholanmoqda.

"Navbahor" vakili Oston O'runov va "Neftchi" yarim himoyachisi Nurillo To'xtasinovning narxlariga 300 ming evrodan qo'shilgan. Endi har ikkala futbolchining yangi transfer narxi 800 ming evroga teng.

"Dinamo"dan "Navbahor"ga o'tib stabil o'ynab kelayotgan Ibrohim Yo'ldoshevning narxi 275 ming evroga ko'tarildi va 500 ming evroga etdi. O'zbekiston U-20 terma jamoasi va "Nasaf" klubi o'ng qanot vakili Zafarmurod Abdirahmatovning portaldagi narxi bungacha 100 ming evro edi va yarim yildagi o'yinlari orqali 250 ming evro qo'shildi.

Superligada birinchi davra kashfiyotlaridan biri bo'lgan "Surxon" futbolchilari Silvanus Nimeli va Asilbek Jumaevning narxlariga 200 ming evrodan qo'shildi. Takidlash lozimki, bunga qadar portalda 18 yoshli Jumaevning narxi umuman yo'q edi.

O'zbekiston U-20 terma jamoasi etakchilaridan biri bo'lgan Behruz Asqarovning narxiga 175 ming evro qo'shildi. Tajribali futbolchilar Husniddin Aliqulov va Xurshid G'iyosovning narxlari endi 150 ming evroga qimmatroq bo'ladi.




Transfer narxi eng ko'p pasayganlar orasida "Paxtakor" vakillari Sardor Rashidov va SHerzod Azamov "peshqadam". Ikkala futbolchining narxlari 150 000 evrodan kamaydi. Farruh Sayfiev, Javohir Qahramonov, Eldorbek Suyunov, Dushan Stoilkovich, Zakariya Beglarishvili, Azim Ahmedov, Xumoyun Murtozaev va Muhammad Ali Ben Salemning narxlaridan 100 ming evrodan olib tashlandi.




Yangilanishdan keyin O'zbekiston chempionatida 1 millionlik futbolchilar soni ikki nafarga etdi. Bungacha uzoq muddat Odiljon Hamrobekov Superligamizning eng qimmat futbolchisi bo'lib turgandi. Bugungi o'zgarishlardan keyin "Nasaf" himoyachisi Husniddin Aliquvloning portaldagi narxi ham 1 000 000 evroga etdi.

"Paxtakor" vakillari Dostonbek Hamdamov, Hojiakbar Alijonov , Sardor Sobirxo'jaev va OKMK vakili Xurshid G'iyosovning narxlari bir xil - 900 000 evrodan. Ro'yxatning davomini "Navbahor"chilar egallashgan Jamshid Iskanderov va SHohruz Norxonov 850 000 evrodan. Birinchi davrada ajoyib o'ynagan Oston O'runov ham TOP-10ga kirib oldi. "Nasaf" chap qanot himoyachisi SHerzod Nasrullaevning transfer narxi ham O'runov singari 800 ming evro.



Barcha o'zgarishlar bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishish mumkin.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing