12 avg 14:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Trevor Brayan superog'ir vaznda WBA chempioni
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan amerikalik 28 yoshli Trevor Brayan superog'ir vazn toifasida vakant bo'lib turgan WBA chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Afsonaviy promouter Don King bu bokschining promouteri vazifasini bajarmoqda. Brayan 39 yoshli Bi Jey Floresga qarshi ringga ko'tarildi. Jang to'rtinchi raundda referi tomonidan to'xtatildi. Flores ungacha etti bor nokdaun holatiga tushib qolgandi.
Eslatib o'tamiz, WBA yo'nalishining to'laqonli chempioni britaniyalik Entoni Joshua bo'lib turibdi. Unda WBA Super kamari bor. Manuel CHarr esa WBA Regular chempionlik kamari sohibi hisoblanadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar