28 may 07:01
Yangiliklar
U-20 JCH. O'zbekiston yoshlar terma jamoasining 1/8 finaldagi raqibi malum
Guruh jamoalari ishtirokidagi 3-tur bahslari bir vaqtda o'tkazildi. Unga ko'ra, Kolumbiya Senegal bilan 1:1 hisobini qayd etgan bo'lsa, Yaponiya Isroilga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Mazkur o'yinlardan so'ng Kolumbiya 7 ochko bilan peshqadamlikni qo'lga kiritdi. SHu bilan birga, so'nggi turda g'alaba qozongan isroilliklar 4 ochko bilan nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Oxirgi daqiqalarda mag'lubiyat to'pini qabul qilib olgan Yaponiya esa 3 ochko bilan guruhda qolib ketdi. Yakuniy daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqargan Senegal ham 2 ochko bilan ortga qaytadigan bo'ldi.
Reglamentga ko'ra, 1/8 finalda "S" guruhida ikkinchi o'rinni egallagan Isroil "A" guruhida ikkinchi bo'lgan O'zbekiston bilan to'qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 31 may kuni soat 02:00 da boshlanadi.
Fikrlar