09 iyu 15:01
Yangiliklar
![](/upload/storage/40095_220.jpg)
Uaylder Joshua emas, boshqa bokschiga qarshi ringga ko'tariladi
Bu malumotni Butunjahon boks uyushmasi (WBC) prezidenti Mauricio Suleyman ham tasdiqladi. Uning so'zlariga ko'ra, tashkilotning iyun oyi reytingida o'zgarishlar bo'ladi va bu holat Uaylderning keyingi raqibini aniqlab bergan.
Reytingda birinchi o'rinni egallab turgan Dillian Uayt saralash turnirida to'rtinchi pog'onadan joy olgan kubalik Luis Ortisga qarshi ringga chiqishdan bosh tortgan. Buning natijasida yangi reytingda u peshqadamlikni boy beradi.
Ortis bilan jang qilishga esa reytingda ettinchi o'rinni band etgan CHarlz Martin davogar bo'lib turibdi. Ushbu bahs g'olibi esa keyinchalik WBC chempioni Deontey Uaylder bilan jang o'tkazishga rasmiy davogarga aylanadi.
Uaylder hozirgi holatda reytingda ikkinchi o'rinda borayotgan Dominik Brizilga qarshi ringga chiqishga majbur bo'ladi. Suleymanning aytishicha, tomonlar bir hafta ichida jangning o'tkazilishini rasman elon qilishadi.
Fikrlar