28 iyu 11:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Uayt Parkerdan 7 kg og'irroq tosh bosdi
Bugun London shahridagi O2 arenasida professional boks kechasi tashkil etiladi.
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda sobiq jahon chempioni Jozef Parker (24-1, 18 KO) hamda britaniyalik Dillian Uayt (23-1, 17 KO) o'zaro to'qnash kelishadi.
Bugungi jang oldidan bokschilar odatga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Unda Yangi Zelandiya vakili hisoblangan Parker 109,8 kg, mezbnon bokschi Dillian Uayt esa 117,3 kg tosh bosdi.
Havola :
Fikrlar