01 iyu 16:06
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 2017 yilda rekord darajada foyda ko'rdi
Moody's xalqaro reyting agentligi aralash qoidalar bo'yicha UFC tashkiloti o'tgan 2017 yilda rekord darajada foyda ko'rganligini malum qildi.
O'tgan yil tashkilot bayrog'i ostida o'tkazilgan janglar UFCga 700 million dollar daromad keltirgan. Moody's o'z hisobotida 2017 yilning 31 martidan 2018 yilning 31 martigacha bo'lgan muddatni keltirgan.
UFC prezidenti Dana Uaytning o'zi ham intervyularida bir necha marotaba 2017 yilgi mavsum tashkilot uchun har tomonlama omadli kelganligini aytgan edi. Tashkilotning 2016 yilgi daromadi ham 700 millionlik ko'rsatkichdan o'tgandi. 2015 yilda esa 609 million dollar ishlab topilgan edi.
Takidlash kerak, o'tgan yil hisobidan olingan daromadning katta qismi Konor Makgregor hamda engilmas bokschi Floyd Meyvezer ishtirokidagi boks qoidalari asosida o'tkazilgan jangga to'g'ri keladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar