10 iyu 11:48
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/40132_220.jpg)
UFC 225. CHuqur nokdaun holatiga tushgan chempion yakunda g'olib bo'ldi
AQSHning CHikago shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC 225 oqshomi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida o'rta vazn toifasida UFC chempionlik kamari sohibi Robert Uittaker davogar Yoel Romeroga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Besh raundga mo'ljallangan jang g'olibi hakamlar bergan bahoga ko'ra aniqlandi. Hakamlardan ikki nafari 48-47 hisobidagi g'alabani amaldagi chempionga taqdim etdi. Uchinchi hakam xuddi shu hisobda Romero g'alaba qozondi deb hisobladi.
Etiborlisi, Uittaker uchinchi raundda kuchli zarbani o'tkazib yubordi va chuqur nokdaun holatiga tushib qoldi. SHunga qaramay, u o'ziga kelib olishga ulgurdi. Bu jangda Yoel g'alaba qozongan taqdirda ham chempionlik kamariga ega bo'lmasdi. CHunki, u bir kun avval belgilangan vazn meyorini bajara olmagandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar