07 noy 10:56
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 268. Namayunas - Veyli revansh jangi ham to'liq davom etdi + FOTOGALEREYA
Nyu-York shahridagi "Medison Skver Garden" arenasida o'tgan UFC 268 turnirining asosiy kardidan o'rin olgan yana bir qiziqarli chempionlik jangi amerikalik Rouz Namayunas hamda ushbu kamarning sobiq sohibasi xitoylik CHjan Veyli o'rtasida kechdi.
CHempionlik jangi to'liq davom etdi va yakunda hakamlarning qarori turlicha bo'ldi. Hakamlardan ikki nafari 48:47, 49:46 hisobidagi g'alabani Namayunasga, uchinchisi esa 47:48 hisobi bilan CHjanga berdi.
SHu tariqa, Namayunas chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi. Bu ning faoliyatidagi 13-g'alabasi bo'ldi. Hisobida to'rtta mag'lubiyat bor. CHjan ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. G'alabalari soni 21 taligicha qoldi.
Havola :
Fikrlar