06 iyu 09:16
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni Maks Xollouey jarohat oldi, jang esa qoldirildi
Aralash qoidalar bo'yicha yarim engil vaznda UFC chempioni Maks Xollouey mashg'ulot chog'ida jarohat oldi.
Buning natijasida uning Brayan Ortegiga qarshi UFC 226 shousi doirasidagi jangi o'tkazilmaydigan bo'ldi. Sportchida miya chayqalishi alomatlari aniqlangan va u kasalxonaga olib borilgan.
Hozircha Ortegining raqibi o'zgartiriladimi-yo'qmi, degan savolning javobi ochiqligicha qolmoqda. Brayanning murabbiyi Rener Greysining aytishicha, ular uchun chempionlik jangidan boshqasi qiziq emas.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar