29 iyu 14:07
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni Xabib bilan jang qilish istagini bildirdi
Aralash qoidalar bo'yicha yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Maks Xollouey engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov bilan jang qilish istagidan voz kechmaganligini aytdi.
Uning aytishicha, agar ushbu jang tashkil qilinsa, ikki tomon uchun ham yaxshigina foyda keltiradi.
“UFC prezidenti Dana Uayt matbuot anjumanida menga Xabib bilan jang o'tkazsam, pullik PPV translyaciyalar milliondan ortib ketishini aytdi. Bu moliyaviy tomondan super ko'rsatkich. Bunday jangni o'z ro'yxatimdan chiqarib tashlay olmayman”, - dedi Xollouey.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar