23 noy 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC sobiq chempioni MMAda dopingni qonuniylashtirish kerakligini aytdi
UFC sobiq chempioni Anderson Silva MMAdagi doping haqida gapirdi.
"MMA jangchisi o'tadigan tayyorgarlik, boshqa yakkakurashchilarnikidan katta farq qiladi. Ular ekstremal sharoitlardan o'tishadi. Sen boks, jiu-jitsu, kurash, shuningdek umumiy jismoniy tayyorgarlikni olib borishing kerak. Barcha jarohat oladigan paytlar bo'lgan. Agar sen shifokor recepti bo'yicha dorilarni qabul qilsang, barchasi nazorat ostida bo'lsa, jarohat olmaysan.
Bu uning jangiga halal bermaydi. Jangga bir hafta qolganida doping tekshiruvdan o'tish tarafdoriman. Agar jangga bir hafta qolganida doping testda muvaffaqiyatsizlikka uchrasang ketding. Lekin yuqori darajadagi tayyorgarlik jarayonida jarohat olmaslik qiyin. Buning imkoni yo'q", - dedi Silva.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar