08 sen 13:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Ulug'bek Sobirov tarozidan o'tdi, ertaga Filippinda jang
Ertaga professional ringda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Ulug'bek Sobirov o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.
Ushbu jangda hamyurtimizga filippinlik Dondon Sultan raqiblik qiladi. Bugun bokschilar vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi.
Malumot uchun, Ulug'bek shu kungacha prof ringda 7 marotaba jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Janglarining beshtasida u raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan. Sultan esa 46ta jang o'tkazib, ularning 20tasida raqiblaridan ustun kelgan (11tasi nokaut). 23tasida esa mag'lub bo'lgan (8ta nokaut). Uchta jangda esa durangga erishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar