02 apr 09:49
Yangiliklar
Umar Kremlyov Bivol - Beterbiev trilogiyasini tashkil etishgan tayyorligini bildirdi
"IBA Bivol va Beterbiev o'rtasidagi trilogiya jangini tashkil etishga tayyor. Bu — dunyodagi eng yaxshi bokschilar va ularning qarama-qarshiligi global miqyosdagi voqea. Ammo ular o'zaro jangdan oldin yana bittadan oraliq jang o'tkazishlari kerak. SHundan so'ng, yil oxiriga borib, uchinchi jangni aniq rejalashtirish va tashkil etish mumkin bo'ladi.
Biz ushbu trilogiyani Rossiyada o'tkazishni maqsad qilganmiz. Bugungi kunda bunday jangni o'tkazish ancha real ko'rinadi. Jahondagi hozirgi vaziyatni hisobga olsak, Moskva bunday miqyosdagi tadbir uchun eng mos va xavfsiz maydon hisoblanadi — bu erda hammasini eng yuqori darajada tashkil etish mumkin", — dedi Kremlyov IBA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Fikrlar