20 iyu 09:28
Yangiliklar
![](/upload/storage/42299_220.jpg)
Usik - Gassiev: Ertangi birlashtiruvchi chempionlik jangi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi
Oqshomning markaziy jangi Butunjahon boks Superseriyasining birinchi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda mutloq jahon chempioni nomi malum bo'ladi.
Final jangida WBA va IBF yo'nalishlari chempioni rossiyalik Murat Gassiev qolgan ikki yo'nalish - WBC va WBO chempionlik kamarlari sohibi ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi ringga ko'tariladi.
SHuningdek, rossiyalik Fyodor CHudinov ikkinchi o'rta vaznda Najib Muhammadiaga qarshi jang o'tkazadi. Ayollar o'rtasida yarim o'rta vaznda mutloq jahon chempioni norvegiyalik Sesiliya Brekxus rossiyalik Inna Sagaydakovskaya bilan to'qnash keladi.
Bundan tashqari, ertangi boks oqshomida Mayris Briedis, Denis SHafikov, Konstantin Ponomaryov kabi bokschilar ham ringga ko'tarilishadi. Matbuot anjumanida har bir ishtirokchi ertangi jang oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Fikrlar