27 iyu 14:14
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/42602_220.jpg)
Usik - Gassiev jangi uchun 3 million dollarlik chiptalar sotilgan
Moskva shahrida Aleksandr Usik va Murat Gassiev o'rtasidagi WBSS turniri finaliga sotilgan chiptadan daromad 3 million dollarni tashkil etdi.
Bu haqida Rossiya boks federaciyasi bosh kotibi Umar Kremlev aytib o'tdi.
"Murat ishtirokidagi jang kassabop bo'ldi. CHiptalar sotuvidan olingan daromad 200 million rubl (3 million dollar) ga chiqdi. Bunda biz xayriya qilgan 10 ming chipta (30 mingdan) hisobga olinmagan.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Usik Butunjahon boks superseriyasi finalida Murat Gassievni mag'lub etib, og'ir vazn toifasidagi mutlaq chempionga aylandi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar