25 iyu 09:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik - Gassiev jangini o'tkazish uchun qancha pul sarflangani malum
Rossiya tomoni Butunjahon boks Superseriyasi final uchrashuvini tashkil qilish uchun qancha pul sarflagani malum bo'ldi.
Xabaringiz bor, mutloq jahon chempionligi uchun kechgan Usik - Gassiev jangida ukrainalik bokschi ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, birinchi og'ir vazn toifasidagi barcha jahon chempionlik kamarlarini o'z qo'lida birlashtirgandi.
Rossiya boks federaciyasi ushbu super jangni tashkil etish uchun 13 million dollar sarfladi. Bu malumotni tashkilot bosh kotibi Umar Kremlev ham tasdiqladi.
“Bu boks oqshomini yuqori saviyada o'tkazish uchun 13 million dollar sarfladik. Besh kun ichida 20 000 dona chipta sotildi. Qolgan 10 000 chiptani biz tarqatdik. Yani, xayriya tarzida berdik”, – dedi Kremlev.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar