22 iyu 09:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik Gassievni mag'lub etib, mutlaq jahon chempioniga aylandi
Moskva shahrida WBSS ning birinchi og'ir vazn toifasida final jangi o'tkazildi.
Unda ukrainalik Aleksandr Usik rossiyalik Murat Gassievga qarshi ringga ko'tarildi.
Bahs yakuniga ko'ra hakamlar 120:108, 119:109, 119:109 hisobida ukrainalik bokschining g'alabasini qayd etishdi.
Aleksandr Usik endi birinchi og'ir vazn toifasida WBA, WBC, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni hisoblanadi.
SHuningdek, u Muhammad Ali kubogining birinchi g'olibiga ham aylandi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar