14 avg 08:36
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/43461_220.jpg)
Usik va Bellyuning promouterlari muzokara o'tkazishdi
Birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni Aleksandr Usikning promouteri Aleksandr Krasyuk hamda Toni Bellyuning promouteri Eddi Xirn o'z mojozlarining bo'lajak jangi yuzasidan muzokara o'tkazishdi.
Promouterlar har ikki tomon uchun ham neytral hudud - Parij shahrida uchrashishdi. Voqea joyidan surat ham ijtimoiy tarmoqqa yuklandi. Hozircha uchrashuv va muzokara tafsilotlari oshkor etilmayapti. Tez kunda jangning qachon va qaerda o'tkazilishi rasman elon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, ukrainalik Aleksandr Usik yaqinda Moskva shahrida rossiyalik endilikda sobiq jahon chempioni Marat Gassievni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, raqibining ikki kamarini qo'lga kiritgan va mutloq jahon chempioniga aylangan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar