31 iyu 20:32
Yangiliklar

"Uzbek Tigers" jamoasiga yangi rahbar tayinlandi
Bugun, 31 iyul kuni Milliy olimpiya qo'mitasida jamoaning yangi rahbari tanishtirildi. Unga ko'ra, ayni paytda jiu-jitsu federaciyasi raisi sifatida faoliyat olib borayotgan Komiljon Ro'ziev jamoaning menejeri sifatida ish yuritadi.
Malumki, AIBA tomonidan tashkil qilingan Butunjahon boks seriyasi (WSB) musobaqalarida yurtimiz sharafini "Uzbek Tigers" jamoasi himoya qiladi. Ushbu bahslar orqali bokschilar Olimpiya o'yinlari licenziyasiga ham ega bo'lishlari mumkin bo'ladi. Bu ham mazkur turnirning ahamiyati qay darajada ekanligini ko'rsatib turibdi.
"Ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamanki, kelajakda bokschilarimiz Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishadi va yurtimizga oltin medallar bilan qaytishadi. Jamoaning kuchayishi uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman", - dedi Komiljon Ro'ziev.
Fikrlar