21 iyu 07:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Valentina SHevchenko o'zini kinoda sinab ko'rmoqchi
UFC chempioni Valentina SHevchenko aktrisa sifatida filmlarda rol ijro etish niyati borligini malum qildi.
Malumot uchun, qirg'izistonlik UFC go'zali o'tgan yili Gollivudda suratga olingan "Bruised" filmida so'ratga tushgan.
"Filmlarda rol o'ynashni istayman. Ha, Xolli Berri bilan birga ishlash men uchun katta tajriba bo'ldi. U ajoyib aktrisa va eng muhimi yaxshi inson. Men umrimning oxirigacha shu yo'ldan bormoqchiman.
O'ylaymanki, bir vaqtning o'zida jang ham qila olaman. Buni amalga oshirishga tayyorman va bu janglarimdan chalg'itmasligini bilaman. Balki, Xolli Berriga qo'ng'iroq qilib, "Bruised 2" filmini suratga olishni so'rashim kerakdir", — dedi SHevchenko.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar