30 iyu 09:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Valentina SHevchenko UFC kamari uchun jang o'tkazmoqchi
Qirg'izistonlik aralash qoidalar jangchisi Valentina SHevchenko chempionlik kamari uchun oktagonga ko'tarilish istagida ekanligini malum qildi.
SHevchenkoning asosiy maqsadi 56,7 kg vazn toifasida UFC chempioni Nikko Montano bilan jang o'tkazish. Dana Uayt boshchiligidagi UFC tashkiloti ushbu chempionlik jangini 7 sentyabr kuni o'tkazishni rejaga kiritgan.
“Men jangga tayyorman. Lekin Nikko haqida bunday deya olmayman. CHunki u jangni paysalga solish bilan ovora. Montano avvaliga 7 iyul kuni jang o'tkazamiz degandi. Keyin esa yana fikri o'zgardi. O'ylaymanki, bu safar unda jangga rozilik berishdan o'zga chora qolmaydi”, - dedi SHevchenko.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar