20 avg 03:41
Yangiliklar
Boks/MMA

WBA International chempioni SHohjahon Ergashev ringga ko'tarildi
Professional boksda faoliyat davom ettirayotgan hamyurtimiz SHohjahon Ergashev Moskva shahrida navbatdagi jangini o'tkazdi.
CHarm qo'lqop ustamiz ugandalik Juma Vasvaga qarshi ringga ko'tarildi. Ushbu jangda SHohjahon o'zining WBA International kamarini himoya qildi. Jangning to'rtinchi raundida Ergashevning kuchli zarbalaridan so'ng referi bahsni to'xtatishdan o'zga chora topa olmadi.
Malumot uchun, SHohjahon Ergashev professional ringda 14ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Janglarning 13tasida esa u raqiblarini muddatidan avval nokaut va texnik nokaut evaziga mag'lub etgan.
Vasva ham professional boksda 14 ta jang o'tkazib, ularning 10 tasida g'alaba qozongan (4ta nokaut). Uchta jangda mag'lub bo'lgan. Bitta to'qnashuvda durang natija qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar