13 iyu 11:54
Yangiliklar
Boks/MMA
WBO chempion Sondersga engilmas raqib topib berdi
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) o'rta vazn toifasida ushbu yo'nalish chempioni Billi Jo Sonders (26-0, 12KO) uchun raqib tayinladi.
Britaniyalik 28 yoshli jahon chempioni o'z kamarini birinchi o'rta vaznda sobiq jahon chempioni amerikalik 30 yoshli engilmas bokschi Demetrius Andreyd (25-0, 16KO)dan himoya qilishi kerak bo'ladi.
Tomonlar 10 kun ichida jangning barcha detallari bo'yicha kelishib olishlari shart. Aks holda ochiq promouterlik savdolari o'tkaziladi. Savdoda ishtirok etmoqchi bo'lgan promouterlar kamida 200 000 dollar taklifi bilan chiqishlari lozim.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar