01 avg 08:21
Yangiliklar
Boks/MMA

WBO Usikni alohida unvon bilan taqdirlaydi
Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempionligiga erishgandi.
Rossiyalik ikki yo'nalish chempioni bo'lib turgan Murat Gassievni mag'lubiyatga uchratgan Usik ushbu vazndagi barcha chempionlik kamarlarini o'z qo'lida birlashtirgandi. WBO tashkiloti ukrainalik bokschiga WBO superchempioni maqomini berdi.
“Ovoz berish jarayoni bo'lib o'tdi va Usik endi superchempion! U maxsus chempionlik kamari bilan taqdirlanadi. Uning promouteri endi mavjud qoidalarga ko'ra WBO tashkilotiga murojaat qilishi va Usik uchun superog'ir vazn toifasidagi ushbu chempionlik kamari uchun jang so'rashi mumkin”, - deyiladi WBO tashkiloti bayonotida.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar