13 iyu 12:37
Yangiliklar
WBSS ikkinchi mavsumiga 20 iyul kuni qura tashlanadi
Ushbu marosim 20 iyul kuni Moskva shahridagi “Rossiya” teatrida bo'lib o'tadi. Yangi mavsum turniri ikki vazn toifasida tashkil etiladi. Qolgan vazn hamda turnir ishtirokchilari keyinroq elon qilinadi.
Hozirgi kunda turnirning birinchi yarim o'rta vazn toifasida olti nafar ishtirokchining nomi malum. SHu vazn toifasida WBA chempioni Kirill Relix davogar rossiyalik Eduard Troyanovskiy bilan to'qnash keladi. Ikkinchi chorak final jangida Ivan Baranchik va Entoni Yigit vakant bo'lib qolgan IBF kamari uchun jang o'tkazishadi.
WBC Silver chempionlik kamari sohibi Josh Teylor 14 iyul kuni bo'lib o'tadigan vaqtinchalik WBC chempioni Rejis Progreys hamda argentinalik Xuan Xose Velasko o'tasidagi jang g'olibiga qarshi ringga ko'tariladi.
Engil vazn toifasida esa etti nafar ishtirokchining nomi malum bo'lib ulgurgan. IBF chempioni Emmanuel Rodriges rasmiy davogar Jeyson Molouni bilan uchrashadi.
SHuningdek, ushbu vaznda WBA (Super) chempioni Rayan Barnett, WBO chempionlik kamari sohibi Zolani Tete, WBA (Regular) chempioni Naoya Inoue, sobiq jahon chempionlari Nonito Doner va Xuan Karlos Payyanolar ham o'z ishtiroklarini tasdiqlashgan.
Fikrlar