18 iyu 13:26
Yangiliklar
Boks/MMA
WBSS: Misha Aloyan sakkizinchi ishtirokchiga aylandi
Rossiyalik bokschi, Olimpiadaning bronza medali sovrindori, ikki karra jahon chempioni Mixail Aloyan Butunjahon boks Superseriyasining sakkizinchi ishtirokchisiga aylandi.
SHuningdek, tashkilotchilar aynan shu vazn toifasida WBA (Super) chempionlik kamari sohibi Rayan Barnettning ishtirokini ham tasdiqlashdi. Superseriyaning ikkinchi mavsumiga qura tashlash marosimi 20 iyul kuni Moskva shahrida bo'lib o'tadi.
Bu bilan Superseriyaning ikkinchi mavsum ishtirokchilari soni sakkiz nafarga etdi: WBA (Super) chempioni britaniyalik Rayan Barnett, WBO chempioni Zolani Tete, IBF kamari sohibi Emmanuel Rodriges, ushbu kamarga davogar Jeyson Molouni, 4ta vaznda sobiq jahon chempioni Nonito Doner, sobiq chempionlardan yana bir Xuan Karlos Payyano hamda Mixail Aloyan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar