04 iyu 17:37
Yangiliklar
![](/upload/storage/41413_220.jpg)
WBSS: Progreys - Velasko jangi g'olibi turnir ishtirokchisiga aylanadi
Jumladan, 14 iyul kuni birinchi yarim o'rta vaznda vaqtinchalik WBC chempionlik kamari sohibi Rejis Progreys argentinalik Xuan Xose Velaskoga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu jang g'olibi WBSS turnirida qatnashish huquqini qo'lga kiritadi.
SHu kungacha Superseriyaning ushbu vazn toifasida 6 nafar ishtirokchining nomiga oydinlik kiritilgan. Ulardan chorak finalning ikkita juftligi ham aniqlangan. WBA chempioni Kirill Relix rasmiy davogar rossiyalik Eduard Troyanovskiy bilan to'qnash keladi.
Ikkinchi chorak final juftligida esa Ivan Baranchik va Entoni Yigit o'zaro to'qnash kelishadi. Bu jang g'olibi birinchi yarim o'rta vazn toifasida vakant bo'lib qolgan IBF chempionlik kamari sohibiga aylanadi. WBC Silver chempioni Josh Teylor ham ushbu turnirdagi ishtirokini tasdiqlagan.
Fikrlar