So’nggi yangiliklar

07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0

31 iyu 12:13
Yangiliklar

Boks/MMA

World Boxing Ijroiya qo'mitasi Olimpiada saralash turnirlari mezbonlarini tasdiqladi

Teglar :  World Boxing
SHotlandiyaning Glazgo shahrida World Boxing tashkiloti Ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

O'zbekison havaskor boks federaciyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, unda Los-Anjeles–2028 yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik, xalqaro boksni rivojlantirish, shuningdek, tashkilotning strategik va boshqaruv faoliyatiga oid muhim masalalar muhokama qilindi.

World Boxing prezidenti Gennadiy Golovkin hamda bosh kotib Tom Dilen raisligida o'tgan yig'ilishning asosiy mavzusi 2027-2029 yillarda o'tkaziladigan yirik xalqaro musobaqalar, xususan, Los-Anjeles–2028 Olimpiadasi yo'llanmalari uchun saralash turnirlariga mezbonlik qiladigan mamlakatlarni aniqlash bo'ldi.

Qabul qilingan qarorga ko'ra, Olimpiada yo'llanmalari uchun qita saralash musobaqalari quyidagi davlatlarda tashkil etiladi:

Amerika — AQSH
Osiyo — Xitoy
Evropa — Turkiyaning Istanbul shahri (Evropa o'yinlari doirasida)
Okeaniya — Samoa*
Afrika — Nigeriya*

*Samoa va Nigeriya mezbonligi zarur hujjatlar taqdim etilgach rasman tasdiqlanadi.

SHuningdek, 2028 yilgi Olimpiya o'yinlari uchun ikkita jahon saralash turniriga mezbonlik qilish huquqi Italiya hamda Vengriyaga berildi. Bu qaror 2027 yilgi World Boxing jahon chempionati Qozog'istonning Ostona shahrida o'tkazilishi inobatga olingan holda qabul qilindi.

Jahon saralash turnirlari:

• 1-saralash turniri — Italiya
• 2-saralash turniri — Vengriya

Yig'ilish davomida 2027 yilda Ostonada o'tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayoni, Los-Anjeles–2028 Olimpiya ciklining kengaytirilgan musobaqalar taqvimi hamda World Boxing tashkilotining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish masalalari ham ko'rib chiqildi.

Bundan tashqari, 2026 yil noyabr oyida Panamada o'tkazilishi rejalashtirilgan World Boxing Kongressiga tayyorgarlik, qo'mitalar faoliyati va saylov tartib-taomillariga kiritiladigan o'zgartishlar yuzasidan ham fikr almashildi.

Yig'ilish yakunida World Boxing prezidenti Gennadiy Golovkin tashkilot Olimpiya harakati doirasida boksning barqaror va muvaffaqiyatli kelajagini taminlash yo'lida izchil faoliyat olib borayotganini takidlab, qabul qilingan qarorlar ushbu maqsad sari muhim qadam bo'lishini qayd etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing