04 avg 17:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Konorga qarshi jang uchun rekord miqdorda gonorar oladi
Xabib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov sportchi Konorga qarshi jang uchun rekord miqdorda gonorar olishi haqida gapirdi.
"Xabib Konorga qarshi jang uchun rossiyalik MMAchi uchun rekord bo'lgan miqdordagi gonorarni oladi. Keling, bu haqida UFCning o'zi rasman elon qilaqolsin.
MakGregorga qarshi jang ajoyib yangilik. Xabib ajoyib formada. Jang qanday o'tishini yaratgan biladi. Xabibdan g'alaba kutsa bo'ladi. U jangga AQSHda, San-Xoseda tayyorgarlik ko'radi", - dedi u.
Eslatib o'tamiz, Xabib va Konor o'rtasidagi jang 6 oktyabrga belgilandi.
Havola :
Manba : Р-Спорт
Fikrlar