10 avg 11:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Nurmagomedov o'zining sportdagi ikki qahramonini aytdi
UFC SHon-shuhrati zali azosi, engil vazn toifasida sobiq chempion Xabib Nurmagomedov o'zi sportdagi qahramonlari deb hisoblaydigan ikki nafar atletni malum qildi.
— Menimcha, juda ko'p insonlar sizga ergashadi. Kimlar uchundir siz qahramonsiz. Sizning qahramoningiz kim? Kimga ergashasiz?
— Agar sportchilar haqida gapiradigan bo'lsam, braziliyalik Ronaldu va Muhammad Alini aytishim mumkin. Mana shu ikki inson, — dedi Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqdagi khann_journey akkauntida elon qilingan videoda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar