13 avg 12:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Xorxe Linares va Daud Yordan WBA kamari uchun ringga chiqishadi
Engil vazn toifasida sobiq WBA chempioni 32 yoshli Xorxe Linares vakant bo'lib qolgan WBA Regular chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi.
Ayni paytda reytingda birinchi o'rinni egallab turgan Linaresning raqibi ikkinchi pog'onadan joy olgan indoneziyalik 31 yoshli Daud Yordan bo'ladi. CHempionlik jangi noyabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Bu haqda Indoneziyaning Jakarta shahrida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida xabar berilgan. Ushbu vaznda WBA Super chempionlik kamari ukrainalik Vasiliy Lomachenkoga tegishli. Uch oy oldin Lomachenko aynan Linaresni 10-raundda texnik nokautga uchratib, chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar