16 iyu 05:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Yana bir mashhur bokschi Londondagi restoranlarning birida janjal uyushtirdi + VIDEO
Og'ir vaznda ishtirok etgan sobiq bokschi Julius Frensis Buyuk Britaniya poytaxtidagi restoranlarning birida o'ziga tajovuzkor harakatlar uyushtirgan shaxsni nokautga uchratdi.
Malumot uchun, Frensis faoliyatini 2006 yilda yakunlagan. Ayni paytda 57 yoshli britaniyalik "Uembli" stadionidan unchalik uzoq bo'lmagan savdo-ko'ngilochar markazida qo'riqchi bo'lib faoliyat yuritmoqda.
"Bir yigit bir necha nafar odamga dahanaki, qolaversa jismoniy hujum uyushtirgan, keyin esa Frensisga zarba berish uchun qo'l ko'targan. To'g'risini aytsam, unga nisbatan to'g'ri ish qilindi", - deb aytib o'tgan Boxing King Media nashri.
Frensis 2013 yilda Vitaliy Klichko, 2014 yilda esa Mayk Tayson bilan jang qilgan edi. Ikki jangda ham britaniyalik bokschi ikkinchi raunddayoq nokautga uchragan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar