14 avg 16:20
Yangiliklar
![](/upload/storage/43507_220.jpg)
Yana bir o'zbek bokschisi AQSH promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi
Sababi, ushbu bokschimiz okeanortidagi nufuzli promoushen, Ronson Frank boshchilik qilayotgan “Uprising promotion” bilan shartnoma tuzishga erishdi. Jamshidbekning menejeri Muhammadmirzo Najmiddinovning takidlashicha, shartnoma uch yilga mo'ljallangan. Har yili to'rttadan jang o'tkazishi belgilangan. Quvonarlisi, har uchinchi jangi professional boks olamidagi eng qudratli ikki telekanalning biri HBO BOXING o'tkazadigan shousidan o'rin oladi. SHuni alohida takidlab o'tish lozimki, ushbu telekanal shoularida ringga ko'tarilish butun dunyo professional bokschilarning orzusi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz shu kungacha professional ringda 18 ta jang o'tkazib, 17 bor g'alaba qozongan. 12 marotaba raqiblarini nokautga uchrata olgan. Faoliyatidagi yagona mag'lubiyat 2017 yil 16 sentyabr kuni Ukraina poytaxti Kiev shahrida WBC yo'nalishining sobiq chempioni Viktor Postolga qarshi kechgan jangda qayd etilgandi.
Professional boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar