02 dek 16:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Yannik Sinnerning asosiy maqsadi aytildi
Yannik Sinnerning murabbiyi tennischining asosiy maqsadi nima ekanligini ochiqladi.
- Italiyadagilar Yannikni "Katta Dubulg'a"ni yutishga qodir deb hisoblashmoqda.
- Ha, Italiyada Yannikning "Katta Dubulg'a"ni yuta olishi haqida gapirishmoqda. Lekin qachonligini bilmayman, u rostdan ham bunga qodir. SHunchaki chidamli bo'lib, o'ziga ishonsa va omadi kelsa, "Katta Dubulg'a"ni yutishi mumkin. Uning chegarasiz potenciali bor. Biz esa unga bosim bermasligimiz lozim.
- Sinnerning terma jamoaga sodiqligi haqida ko'p gapirishdi. Parij-2024 - navbatdagi mavsum uchun maqsadmi?
- Yannikka Italiya terma jamoasida bo'lish yoqadi. Olimpiada uning asosiy maqsadi bo'lib ulgurgan. Ha, takrorlayman, Olimpiya o'yinlari bizning mo'ljalimiz bo'lib turibdi, - dedi Darren Keyxill.
Havola :
Manba : Corriere dello Sport
Fikrlar