11 may 18:40
Yangiliklar
Yaponiyalik tramplinchi Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
47 yoshli sportchi faoliyati davomida 569 marotaba Jahon kubogi bahslarida starga chiqqan. Bu borada ikkinchi ko'rsatkich 38 yoshli shveycariyalik ikki karra Olimpiya chempioni Simon Ammanga tegishli bo'lib turibdi. Amman shu paytgacha 438 ta startni amalga oshirgan.
Etiborlisi, yaponiyalik sportchi bu bilan to'xtab qolmoqchi emas. “Qariya”ning malum qilishicha, u o'z rekordini 600 tagacha chiqarmoqchi. Quyida Kasayning turli ko'rsatchiklarda ushbu sportdagi boshqa rekordlarini ham tanishtirib o'tamiz:
– Olimpiya o'yinlarida eng ko'p ishtirok etgan sportchi (1992-2018 yillar oralig'idagi 8 ta Olimpiada);
– Olimpiya o'yinlarida sovrindor bo'lgan eng yoshi katta sportchi (Sochi-2014, kumush medal, 41 yosh 254 kunlik);
– Jahon kubogida g'alaba qozongan eng yoshi katta sportchi (2014/15 yilgi mavsum, 42 yosh 5 oylik);
– Jahon kuboklarida shohsupaga ko'tarilgan eng yoshi katta sportchi (2016/17 yilgi mavsum, 3-o'rin, 44 yosh 9 oylik);
– Olimpiya o'yinlari (21) va turli davrlardagi jahon chempionatlarida (55) eng ko'p startga chiqqan sportchi.
Fikrlar