17 iyu 18:25
Yangiliklar
![](/upload/storage/223388_220.jpg)
Zabit Magomedsharipov faoliyatini yakunlash sababini aytdi
"Ko'pchilik mening qaytishimni kutdi, deyarli barcha meni tanigan insonlar qachon qaytishim haqidagi savolni berdi. Biroq men faoliyatimni yakunlashimni elon qildim. Janglarning bekor bo'lishi, sog'liqdagi muammolar meni oktagonga ko'tarilishimga qarshilik qildi. Hozir tiklangan bo'lishimga qaramasdan, men o'zimni avvalgidek his qilmay qo'ydim.
Meni qo'llab turganlarning barchasidan minnatdorman. CHempion bo'la olmadim, ammo, sizlarning mehringizni qozona oldim deb o'ylayman. Professional faoliyatimni yakunladim, lekin sportdan ketdim demayman. SHunday ekan, sizlar bilan xayrlashmayman. Barchaga rahmat", - deya yozib qoldirgan Zabit Magomedsharipov.
Eslatib o'tamiz, Zabit 2019 yilda so'nggi jangini o'tkazgan. SHundan so'ng u sog'lig'idagi muammolar sababli faoliyatini malum muddatga to'xtatishga qaror qilgandi.
Fikrlar