So’nggi yangiliklar

10:29Терма жамоамиз "World Taekwondo Diamond Games"даги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 10:08Сергей Фомин Кессель турнирида 1/4 финалга чиқди 0 09:47"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин 0 09:26Юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида кучли учликдан жой олишди 0 09:05Али Абдел-Азиз: "Ислам Абу-Дабида жанг қилмайди!" 0 08:44Уимблдон. Ига Cвёнтек ортиқча қийинчиликсиз финалга чиқди 0 08:23Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди 0 08:02Бутунжаҳон ёзги Универсиада ўйинларида Ўзбекистон қайси спорт турларида иштирок этади? 0 19:03Оливейра: "Топурия — мен жанг қилганлар орасида энг қаттиқ зарба берувчи спортчи" 0 18:39"Ундан рекордидаги нолни олиб қўймоқчиман". Волкановски Евлоев билан жангга тайёр 0 18:18ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди 0 17:51Пимблетт нима учун Топурия билан жангга лойиқ эканлигини айтди ва Махачевни мисол келтирди 0 17:24Топурия Хабиб Нурмагомедовнинг рекордини янгилади 0 17:01Бен Аскрен: "Тўрт марта ўлимдан қолдим" 0 16:38Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада" 0

28 sen 09:40
Yangiliklar

Tennis

Afsonalar kelmagan bu yilgi Leyver Kubogi avvalgidek jozibali o'tmadimi? (Tahlil)

Teglar :  Leyver Kubogi
Yakshanba kuni Bostonda 2017 yilda tashkil etilgan va tezda ko'pchilik uchun taqvimning eng sevimlilaridan biriga aylangan, Rojer Federer asos solgan ko'rgazmali turnir - Leyver Kubogi yakunlandi.

Musobaqada Evropa va Jahon terma jamoalari to'qnash keldi. Bu yil Evropa jamoasi to'rtinchi bor o'tkazilgan turnirda to'rtinchi sovrinni qo'lga kiritdi. Bu yilgi turnir avvalgidek qiziqarli o'tmadi. Sababi Evropa va Jahon terma jamoalarining tarkiblari teng emas edi. 

Evropa jamoasida faqat Top-10dagi tennischilar o'ynashdi:

Daniil Medvedev (2)

Stefanos Cicipas (3)

Aleksandr Zverev (4)

Andrey Rublyov (5)

Matteo Berrettini (7)

Kasper Rud (10).


Jahon terma jamoasida esa kuchli o'nlikdan birorta ham tennischi yo'q edi:

Feliks Oje-Alyassim (11)

Denis SHapovalov (12)

Diego SHvarcman (15)

Reyli Opelka (19)

Jon Izner (22)

Nik Kirios (95).

Bundan tashqari, ishtirokchilarning natijalari butunlay boshqacha edi. Evropa jamoasining har biri bu yil o'z faoliyatining eng yaxshi mavsumini o'tkazdi. Bu yil ular "Katta Dubulg'a", Olimpiada va to'rtta "Masters"da g'olib bo'lishdi. Jahon terma jamoasi esa ikkita ATP 250 sovriniga ega edi.

Mavsum davomida Evropa jamoasining olti nafar tennischisi Jahon jamoasining olti azosi bilan 22 marta to'qnash kelgan va 17 o'yinda g'alaba qozongan.

Ha, Bostonda qiyin o'yinlar bo'ldi, lekin kubokni kim qo'lga kiritishida shubha yo'q edi. Evropa jamoasidagilar hozir erkaklar tennisida ancha kuchliroq. O'tgan yillardagi turnirlarda kurash oxirigacha davom etgan edi, chunki Jahon terma jamoasi odatda barcha juftlik uchrashuvlarida g'alaba qozongan edi. 

Afsonalar turnirga kelmadi va bu o'ziga xos muhitga qattiq tasir qildi

Ammo Leyver Kubogining mohiyati aslida uni kim yutishi emas. Xulosa shuki, turnir formati tennischilar bilan o'zaro muloqot qilish uchun noyob imkoniyatlarni beradi. Ular bir jamoa bo'lib harakat qilishadi va ularning barchasi bir-birining o'yinlarida katta guruh bo'lib o'tirishadi. Uchrashuvlar davomida ular o'z sheriklariga maslahat berishlari mumkin.

Va albatta, bu turnirning o'ziga xos jozibasi, biz ilgari Federer, Nadal va Jokovichni yangicha qiyofada kashf qilgan edik. Afsonalar bir-birlari bilan yaxshi muloqot qilishgan va Evropa jamoasida ajoyib muhitni yaratishgan edi. Bu har doim turnirning eng jozibali qismi bo'lgan.

Bu yil ularning hech biri musobaqaga kelmadi. Turnirning asosiy yulduzlari Medvedev, Cicipas va Zverev edi. SHunga qaramay, turnir davomida ajoyib damlar bo'ldi. Masalan, Rublyov va Cicipasning juftlikdagi chiqishi ajoyib o'tdi. 

Umuman olganda, afsonalarsiz, o'zaro munosabatlar juda sovuq edi. Va buni tushunish mumkin: musobaqaning asosiy yulduzlari bir-biri bilan eng faol raqobat davrini boshdan kechirayotgan yigitlar va agar ular uch kun davomida eng yaxshi do'st bo'lib qolishsa, juda g'alati bo'lardi. Federer, Nadal va Jokovichning munosabatlari muvafaqqiyatining asosiy sababi esa ular yoshi kattaroq va tarixiy g'alabalarga erishganlar. Raqobat tarangligi biroz pasaygani ularga ochilish imkoniyatini bergan edi.

SHunday qilib, Leyver Kubogida Andrey Rublyov va Aleksandr Zverev juftligi Reylli Opelka hamda Denis SHapovalovdan iborat Jahon terma jamoasi vakillarini mag'lub etib, umumiy hisobni 14:1 ko'rinishiga keltirishdi. Jahon terma jamoasi qolgan bahslarda maksimal 9 ochko jamg'arishi mumkin edi. SHu bois ham bahs muddatidan ilgari to'xtatildi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing