So’nggi yangiliklar

22:40Ёзги Универсиада: Таэквондо терма жамоамиз аъзоси Марат Мавлонов кумуш медалга эга чиқди 0 20:00Таэквондочи Нажмиддин Қосимхожиев делегациямиз ҳисобига навбатдаги Универсиада медалини келтирди 0 19:15Даҳшат! Усикнинг даромади 22 баробар кўпайди. Александр ва Даниэль гонорар борасида рекорд ўрнатди 0 18:52Теннис маликаларимизнинг бари янгиланган WTA рейтингида "қулашди" 0 18:27Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик" 0 18:02Усик Дюбуага билан реваншдан кейинги режалари ҳақида гапирди 0 17:39ATP рейтинги янгиланди. Теннисчиларимизда аҳвол чатоқ, Топ-10`да иккита ўзгариш 0 17:16Хирн Фьюрининг гапларига муносабат билдирди: аввалроқ Тайсон Усикни икки марта енггани ҳақида гапирганди 0 16:52Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради 0 16:25Леннокс Льюис юртдоши Дюбуани нокаутга учратган Усикка мурожаат қилди 0 16:02Бугун Султонов Сеговиядаги юришини бошлайди 0 15:39Тайсон Фьюри Жейк Пол ва Энтони Жошуа ўртасидаги эҳтимолий жанг ғолибини айтди 0 15:18Англия терма жамоасининг собиқ футболчисини ҳушсиз ҳолда топишди 0 14:53Усик: "38 ёш — бу фақат бошланиши" 0 14:26"Болакай бироз адашди". Маддалена Топуриянинг устидан кулди 0

12 jan 19:25
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari

Hamyurtimiz qishki Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlikni Italiyada olib bormoqda

Tog' chang'isi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Komiljon To'xtaev shu yil 4-20 fevral kunlari Xitoyning Pekin shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadi.

Sportchimiz to'rt yillikning nufuzli musobaqasida tog' chang'i sportining slalom va gigant slalom yo'nalishlarida g'oliblik uchun kurash olib boradi.

Takidlash kerak, To'xtaevning Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritishida Turizm va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston chang'i federaciyasi tomonidan sportchining xalqaro musobaqalardagi ishtirokini saralash davridan strategik jihatdan to'g'ri rejalashtirilganligi muhim ahamiyat kasb etdi. SHuningdek, sportchimizning Evropada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etishi va xalqaro musobaqalardagi ishtiroki Turizm va sport vazirligi tomonidan moliyalashtirildi.

Hamyurtimiz qishki Olimpiya o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida shu yilning 6 yanvarida Italiyaga jo'nab ketgan edi. SHu kunlarda Komiljon To'xtaev Italiyaning Bruniko shaharchasi yaqinidagi Manguelfo qishlog'ida italiyalik trener Mattia Ganessi rahbarligida mashg'ulotlar olib bormoqda. Ushbu mutaxassis qishki Olimpiya o'yinlariga O'zbekiston nomidan ro'yxatdan o'tkazilgan.

Rejaga ko'ra, K.To'xtaev kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar olib bormoqda va Italiyadagi yig'in yanvar oyining oxiriga qadar davom etadi. SHundan so'ng sportchimiz qishki Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish uchun Pekinga yo'l oladi.

Qishki Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimi 4 fevralga belgilangan.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing