So’nggi yangiliklar

00:28Навбатдаги ғалаба! Акмалжон Исроилов ҳам ЖЧ финалчилари қаторига қўшилди 0 23:35ЖЧ-2025. Азиза Зокирова терма жамоамиз ҳисобига навбатдаги бронза медалини қўшиб қўйди 0 22:20Феруза Казакова Жаҳон чемпионатини бронза медали билан якунлади 0 19:49Жавоҳир Умматалиев Жаҳон чемпионати финалига чиқди! 0 19:40Асадхўжа Мўйдинхўжаев жангсиз финалга йўл олди 0 18:59Дзюдочиларимиз Осиё чемпионатининг илк куни 9 та медаль қўлга киритишди 0 18:38Дана Уайт Жон Жонсни Оқ уйдаги UFC турнирида кўрмоқчи эмас 0 18:17Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда 0 17:53Александр Усик Канело — Кроуфорд жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:28Турки аш Шайх Канелонинг Кроуфорд билан жангда қанча пул олишини айтди 0 17:05Дана Уайт Канело — Топурия эҳтимолий бокс жанги ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 16:43"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди 0 16:21Сабина Бобоқулованинг қозоғистонлик рақибга қарши жанги якунланди 0 16:07Конор Оқ уйда ўтказиладиган UFC турнирида иштирок этишини тасдиқлади 0 15:46Олимпиада чемпиони Гейбл Стивсон ММАда дебют қилди 0

21 apr 16:35
Yangiliklar

Gandbol

Namanganda gandbol bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazildi + FOTO

Teglar :  GandbolNamangan
13-20 aprel kunlari Namangan shahrida U-18 qizlar va o'g'il bolalar jamoalari o'rtasida gandbol bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Deyarli bir hafta mobaynida qizlar birinchiligida 11, o'g'il bolalar musobaqasida esa 10 ta jamoa chempionlik uchun bellashdi. 

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O'zbekiston gandbol federaciyasining 2023 yilgi musobaqalar o'tkazish taqvim rejasidan o'rin olgan ushbu chempionat sarhisobiga ko'ra, qizlar orasida andijonlik gandbolchilar chempionlik nashidasini surishdi. SHohsupaning ikkinchi pog'onasini Qoraqalpog'iston Respublikasi vakilalari egallashgan bo'lsa,  faxrli uchinchi o'rinni Namangan viloyati jamoasi band etdi. 

O'g'il bolalar o'rtasida Surxondaryo viloyati jamoasi zafar quchdi. Andijon viloyati jamoasi ikkinchi, Namangan viloyati jamoasi uchinchi o'rin sohibiga aylandi.

CHempionatning taqdirlash marosimida qatnashgan O'zbekiston gandbol federaciyasi bosh kotibi Ismoiljon Matxoliqov va boshqa rasmiylar g'olib va sovrindor jamoalar sportchilarini erishgan yutuqlari bilan qutlab, ularni qimmatbaho sovg'alar, tegishli darajadagi medal va diplom bilan taqdirlashdi.

Ikrom XUDOYBERGANOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing