02 noy 18:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdumalik Xalakov: Bronza? Biz oltin uchun kelganmiz
-60 kg vaznli bokschimiz Abdumalik Xalakov chorak finalda rossiyalik Vsevolod SHumkovga qarshi jang qildi va g'alaba qozondi
"Bu bokschiga qarshi ikki marta jang qilganman va har ikkisda ham g'alabani qo'lga kiritdim. Murabbiylarim bahsga berilib ketmasligimni va ehtiyotkorlikni ushlashim kerakligini uqtirishdi. Biroq men bazida ularning gaplariga amal qilmadim. SHunday vaziyatlarda ular menga to'g'ri yo'lni ko'rsatishdi. Raqibim meni ancha o'rgangan. CHunki biz o'zaro uchinchi marta ringda to'qnash keldik. Har bir mag'lub bo'lgan bokschi, mag'lubiyatidan so'ng raqibni o'rganadi.
Bronza? Biz oltin uchun kelganmiz, vatanimizda bizni oltin bilan kutishmoqda",-dedi Xalakov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar