So’nggi yangiliklar

12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0

05 sen 15:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Afsonaviy Konstantin Czyu Toshkentga tashrif buyurdi va yosh bokschilarga master-klass o'tkazdi + FOTO

Teglar :  Konstantin Czyu
Rossiyalik afsonaviy bokschi Konstantin Czyu O'zbekistonga tashrif buyurdi.

Bugun poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyida boks bo'yicha sobiq Evropa va jahon chempioni, professional boksda o'z vaqtida WBC, WBA, IBF yo'nalishlarida chempionlik kamariga egalik qilgan Konstantin Czyu ishtirokida master-klass tashkil etildi.

Milliy olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi hamkorligida o'tkazilgan ushbu tadbir yig'ilganlar o'rtasida katta qiziqishlarga sabab bo'ldi. Mahorat saboqlari oldidan akrobatik shou namoyish etildi. So'ngra tadbirning asosiy mehmoni Konstantin Czyu davraga chiqib keldi va yosh bokschilar bilan mashg'ulotlar olib bordi. O'zbek boksining ertangi kun egalari o'tkazilgan mahorat darslarida o'zlari uchun yangi bo'lgan bir qancha bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirdilar.

Ushbu master-klass tadbirni tomosha qilish uchun tashrif buyurgan fahriylar va maktabgacha talim muassasasi tarbiyalanuvchilarida bir olam taassurot qoldirdi. Tadbir davomida muxlislar Czyu bilan suhbatlashib, suratga ham tushishdi.

Master-klassdan so'ng o'tkazilgan ko'ngilochar tomoshalar ham tomoshabinlarga manzur keldi. Tadbir yakunida sobiq bokschiga esdalik sovg'alari taqdim etildi. Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan maxsus sovg'ani Bosh kotib Jasur Matchanov topshirdi.

"Yoshim ellikka yaqinlashib qoldi. Ammo, har kuni mashg'ulot o'tkazaman. CHunki, o'zimga-o'zim vada berganman. Sizga ham maslahatim shu. O'zingizga vada bering va buni amalga oshiring. Mashg'ulotlarni to'xtatmang. O'z maqsadingiz sari intilishda davom eting. Albatta orzuingizga erishasiz", - dedi Czyu o'zbekistonlik yosh bokschilarga qarata.


Malumotnoma

To'liq ismi: Konstantin Borisovich Czyu

Laqabi: Thunder from Down Under

Fuqaroligi: Rossiya, Avstraliya

Tug'ilgan sanasi: 1969 yil, 19 sentyabr

Tug'ilgan joyi: Serov, Sverdlovsk oblasti.

Yashash joyi: Rossiya, Moskva.

Professional boksda: 34ta jang (31ta g'alaba, 2ta mag'lubiyat, 1ta jang amalga oshmagan)

Havaskor boksda: 282ta jang (270ta g'alaba, 12ta mag'lubiyat)

Jahon chempionatida:

1989 yil, bronza (Moskva)

1991 yil, oltin (Sidney)

Evropa chempionatida:

1989 yil, oltin (Afina)

1991 yil, oltin (Gyoteborg).

Reyting:    

Fikrlar

+1   
05 sen 18:24:58
Dilshot Solihov
Prafitsanol bokisni WBA yo'nalishi bo"yicha oyning yangilangan reytingi elon qilindi. Quvonarli jihati Murotjon Ahmadaliyov shu yo'nalishda oltinchi o'ringa ko'tarilgan bu quvanarli. Yana bir bo'kischimiz Shahram G'iyosov kuchli O'N BESHTALIKA kirib oldi. Faqat Shahram o'zining 66.5 kg vaznida emas Shohjahon ergashovni vazni 63.5 kg vazin ro'yhatida qayt etilgan biroz tushinarsiz! Yana bir O'zbekistonda tug'ilgan hozirda Rassiya sharafini himoya qilayotgan yana bir MIR promotiriligida Shahram Hamda Murptjonlarni kulbdoshi Batir Ahmedov 63.5 kgda uchinchi o'ringa ko'tarilishi hisobiga Shohjahon Ergashov g'alaba qozonganiga qaramay retingda joyida yani YETTINCHI o'rnida qoldi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing