14 sen 12:27
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/45156_220.jpg)
Afsonaviy salkam 100 yillik tarixga ega Kronk Gym buzib tashlanadi
Detroyt mulozimlari afsonaviy Kronk Gym boks mashg'ulot zalini buzib tashlashga qaror qilishdi.
O'tgan yili ushbu tarixiy mashg'ulot zalida yong'in yuzaga kelgan va buning natijasida qayta tamirlab bo'lmaydigan holatga kelib qolgandi. Kronk Recreation Center zali 1921 yilda qurilgan bo'lib, turli yillarda bu erdan afsonaviy bokschilar etishib chiqqan.
Ular orasida Emmanuel Styuard, Tomas Xirns, Mayk Makkallum, Maykl Murer, Lennoks Lyuis, Evander Xolifild, Oskar De La Xoyya, Ronald Rayt, Jermen Teylor singari boks yulduzlari bor. Boks zali 2006 yili kapital tamirlash uchun yopib qo'yilgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar