14 iyu 10:39
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/40373_220.jpg)
Aleksandr Usik: “Gassiev bilan istalgan joyda jang qilishga tayyorman”
Birinchi og'ir vazn toifasida WBC va WBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik WBA hamda IBF chempionlik kamarlari sohibi Murat Gassiev bilan istalgan joyda jang o'tkazishga rozilik berdi.
Ukraina va rossiyalik jahon chempionlari Butunjahon boks superseriyasi (WBSS)ning final jangida o'zaro to'qnash kelishadi. Aslida bu jang 11 may kuni o'tkazilishi kerak edi. Lekin Usikning qo'lidan olgan jarohati bunga yo'l qo'ymagandi. Hozirda birlashtiruvchi chempionlik jangining 21 iyul kuni o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
“Ko'pchilik meni jangning o'tkazilish manzilini aniqlay olmagayotganda ayblamoqda. Bu noto'g'ri. Men Gassiev bilan istalgan joyda jang o'tkazishga tayyorman. Jamadonim safarga tayyor turibdi. Tashkilotchilar jang manzilini belgilayverishsin”, — deya o'zining Instagram sahifasida xabar qoldirgan Usik.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar