10 iyu 18:40
Yangiliklar
Futbol
Allegriga Saudiya Arabistonidan yirik taklif kelib tushdi
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri lavozimini tark etib, Saudiya Arabistonida ishlashi mumkin.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, italiyalik murabbiyga foydali moliyaviy taklif tushsa, u ketish haqida jiddiy o'ylaydi.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" rahbariyati qoniqarsiz natijalar tufayli Allegrini ishdan bo'shatish haqida bosh qotirmoqda. Jamoa Evropa Ligasida g'alaba qozona olmadi va A Seriyani kuchli to'rtlikdan tashqarida yakunladi.
Allegri murabbiylikdagi ikki yillik tanaffusdan so'ng 2021 yilning yozida "Yuventus"ga qaytgandi. "Keksa sinora" italiyalik murabbiy qo'l ostida o'shandan beri birorta sovrin yutmadi.
Havola :
Manba : La Gazzetta dello Sport
Fikrlar