29 iyu 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/41125_220.jpg)
Amir Xan va Semyuel Vargas ko'z urishtirishdi
8 sentyabr kuni sobiq jahon chempioni britaniyalik Amir Xan hamda Samuel Vargas o'rtasida jang bo'lib o'tadi.
Bokschilar bo'lajak jang oldidan o'zaro ko'z urishtirish marosimi hamda ilk matbuot anjumanida ishtirok etishdi. Bo'lajak jang g'olibi yarim o'rta vaznda WBA chempionlik kamari sohibi Lukas Matissega qarshi ringga ko'tarilish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Eslatib o'tamiz, aprel oyida birinchi yarim o'rta vazn toifasida uch karra sobiq jahon chempioni Amir Xan ikki yillik tanaffusdan so'ng katta boksga qaytgan va birinchi raunddayoq kanadalik Fil Lo Grekni nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar