11 jan 19:01
Yangiliklar
Anxoltcdagi Jahon kubogida faqat emlangan biatlonchilarga ruxsat beriladi
Bu Pekindagi Qishki Olimpiya o'yinlari oldidan o'tkazilayotgan oxirgi bosqich hisoblanadi.
Xalqaro biatlon ittifoqi (IBU) matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Italiyadagi bosqichda faqat emlashning to'liq kursidan o'tgan, shuningdek, koronavirusdan tuzalgan biatlonchilar ishtirok etishlari mumkin. Italiyaning amaldagi milliy qoidalari mana shuni talab qilmoqda.
Qayd etilishicha, Evropa Ittifoqida tan olinmagan vakcinalar bilan emlangan sportchilar, jumladan, Rossiyaning Sputnik V vakcinasini olgan biatlonchilar ham Anxoltcda qatnashishlari mumkin. Biroq ular har 48 soatda PCR-testlarini topshirishlari kerak bo'ladi.
Anxoltcdagi mehmonxona faqat to'liq emlangan sportchilar, murabbiylar va xodimlarni qabul qiladi.
IBU Jahon kubogida ishtirok etayotgan biatlonchilarning 98 foizi, shuningdek, murabbiylar va xodimlar allaqachon COVID-19 ga qarshi vakcina olgani yoki koronavirus bilan kasal bo'lganligini takidladi.
Fikrlar